Attestatsiya ikki bosqichda, bir kunda va bir vaqtning o‘zida kompyuter dasturlari orqali o‘tkaziladi. Sinov uchun ajratilgan vaqt fanlarga qarab farq qiladi:
Matematika, informatika, axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya va fizika fanlari uchun — 120 daqiqa.
Qolgan barcha fanlar uchun — 90 daqiqa.
Malaka sinovlari tarkibi:
1. Bosqich: Mutaxassislik va kasbiy bilimlarni aniqlash
Birinchi bosqichda pedagogdan mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini ko‘rsatishi talab qilinadi. Bu bosqichda 40 ta test savoli beriladi (35 tasi mutaxassislik fanidan, 5 tasi pedagogik kasbiy standartlardan). Har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball berilib, umumiy hisobda 80 ball yig‘ish mumkin.
2. Bosqich: Pedagogik mahoratni aniqlash
Ikkinchi bosqichda ilg‘or pedagogik uslublarni qo‘llash bo‘yicha 10 ta topshiriq beriladi. Ushbu uslublarga "case study", loyihalar uslubi, interfaol ta’lim va boshqalar kiradi. Har bir to‘g‘ri javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball yig‘ish imkoniyati mavjud.